19:00 / 05.05.2020
12366
Reklama

“Golden lift” – arzon, mustahkam va zamonaviy liftlar tanlovi

Foto: Golden lift

Respublikamizda yirik turar-joy inshootlari, mehmonxonalar, imoratlar qurilishini boshlayotgan kompaniyalar, korxonalar diqqatiga! Sizga mustahkam, sifatli va arzon liftlar kerakmi? Yurtimizda “Golden lift” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy  liftlar  bu borada munosib tanlov bo‘la oladi.

“Golden lift” — O‘zbekistonda jahon texnologiyalari asosida eng sifatli va ishonchli liftlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, mijozlar hamda hamkorlar uchun sara mahsulotlarni yetkazib bermoqda. “Golden lift” kompaniyasi Xitoy bilan hamkorlikdagi qo‘shma korxona hisoblanadi. Kompaniya zavodi Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonasida joylashgan bo‘lib,u yerda ishlab chiqarilgan mahsulotlar har yili Respublika bo‘ylab qurilayotgan ko‘plab mehmonxonalar, davlat idoralari, kasalxonalar, xususiy muassasalarni sifatli liftlar bilan ta'minlab bermoqda.

“Golden lift”  MChJ qo‘shma korxonasi sifat va qulaylik talablariga javob beruvchi yangi lift modellarini ishlab chiqarmoqda. Siz o‘z loyihangiz, xohishingizga mos ravishda kerakli liftlarga buyurtma berishingiz mumkin.

Zavod Toshkent shahri va Navoiy viloyatidagi turar-joy majmualari uchun lift yetkazib beruvchi asosiy korxona hisoblanadi. “Golden lift”  texnologiyalari yana katta qurilish obektlarida foydalanish uchun ham mo‘ljallangan. Zavod aynan Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonasida joylashgani sababli turli afzalliklarga ega bo‘lib, kompaniya liftlari narxi arzonligi bilan boshqalardan ajralib turadi.

Hamkorlar uchun yo‘lovchi liftlari, kasalxona liftlari, yuk tashish liftlari, garaj liftlar, ekskalatorlar, po‘lat eshiklarning keng turdagi assortimentlari taklif etiladi. Hozirda kompaniya nafaqat O‘zbekiston, balki Rossiya hamda MDH davlatlarida ham ko‘plab qurilish sohasining yetakchilari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

Lift uskunalari har tomonlama mustahkam va chidamli bo‘lib, dizayni bilan ham sizni befarq qoldirmaydi. Kompaniya mutaxassislari avval binoning o‘lchami, ta'miri, qurilish xususiyatlarini hisobga olgan holda munosib dizaynni yaratishadi. Liftlarni yetkazib berish hamda obektlarga o‘rnatish ham kompaniya tomonidan amalga oshiriladi. Eng muhimi, siz lift sotib olayotganda hujjatlar bilan bog‘liq bosh og‘riqlarga duch kelmaysiz. “Golden lift” mijozlarni kerakli hujjatlar bilan o‘zi ta'minlab beradi.

Shuningdek, “Golden lift” MChJ QK mustahkam va bejirim eshiklari har qanday xonadon ostonasiga ko‘rk bag‘ishlaydi. Po‘lat eshiklar eng sifatli xom-ashyolardan tayyorlanadi va o‘z manziliga yetkazib beriladi.

Murojaat uchun telefon: +998 98 2780886 | +998 97 3222201

Vebsayt: goldenlift.uz

Telegram: t.me/NavoiyGoldenLift

Instagram: instagram.com/navoiy.golden.lift

Reklama huquqi asosida

Top