Kun.uz’ga Navoiy şahri Navoiy köçasidagi 30 D uyning 10-qavatidagi xonadon egasi «dom»ning taşqi qismidan uyiga çiqiş uçun alohida lift örnatayotgani haqida ma’lumot kelib tuşdi.

Suratdan uyning yon tomoniga lift uçun temir konstruksiyalar töliq örnatib bölinganini köriş mumkin.

Aytişlariça köp qavatli uyning özi 9 qavatli. Biroq 10-qavatda ham bitta xonadon bor. Lift ana şu xonadon uçun alohida örnatilmoqda. Şu köp qavatli uyda yaşovçilarning e’tiroziga qaramasdan liftni quriş işlari davom ettirilmoqda.

Kun.uz uşbu masalaning uy-joy hamda şaharsozlik normalariga muvofiqligini aniqlaş maqsadida Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligidan izoh oldi. Vazirlikka köra, holat yuzasidan dalolatnoma qilinib, hujjatlar prokuraturaga yuborilgan. Dalolatnomaning mazmuni haqida batafsil ma’lumot berilmadi.