17:49 / 24.07.2020
14290

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi 

Tursunov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati DSB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi. 

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan Otabek Tursunov Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

DSQ Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Otabek Tursunov 1984 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2007 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 

U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati DSB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi. 

Qayd etilishicha, O. Tursunov soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 2006 yilda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi fuqarolarni ro‘yxatga olish bo‘yicha navbatchisi lavozimidan boshlagan. Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.

Top