23 iyul va 24 iyul tongida Toshkent shahrida ifloslantiruvchi moddalarning o‘rtacha sutkalik konsentratsiyalari sanitariya me'yorlaridan oshmagan.
«O‘zgidromet»ning yozishicha, kuzatuv ma'lumotlariga ko‘ra azot dioksidi bo‘yicha Yashnobod tumanida 3 ta, Qibray tumanida 2 ta ruxsat etilgan me'yordan yuqori holat kuzatildi.
Boshqa tumanlarda ifloslantiruvchi moddalar miqdori ruxsat etilgan me'yordan oshmadi.
28 iyul va 29 iyul tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning saqlanishiga imkoniyat yaratadi.