08:03 / 30.07.2020
40802

Mumbaydagi xarobalarda yashovchilarning deyarli 60 foizida koronavirusga qarshi immunitet aniqlandi

Mumbaydagi xarobalarda koronavirusga qarshi jamoaviy immunitetning eng yuqori ko‘rsatkichi aniqlandi - deyarli 60 foiz. Bu shaharning eng kambag‘al hududlarida COVID-19 tarqalishini sekinlashtirgan bo‘lishi mumkin.

Hindistonning Mumbay shahridagi eng qashshoq uchta tumanda yashovchilarning 57 foizida koronavirusga qarshi antitanachalar aniqlandi, deb yozadi Bloomberg. Tadqiqot iyul oyida o‘tkazilgan va taxminan 7000 kishi testdan o‘tgan.

Bu dunyoda koronavirusga qarshi jamoaviy immunitetning ma'lum bo‘lgan eng yuqori ko‘rsatkichlaridan biri, deya ta'kidlaydi agentlik. Aprel oyida Nyu-Yorkda testdan o‘tganlarning 21,2 foizi koronavirusga qarshi immunitet bo‘lgan, may oyida esa Stokholmda testdan o‘tganlarning 14 foizida antitanachalar aniqlandi.

«Mumbaydagi xarobalarda jamoaviy immunitet shakllanganga o‘xshaydi, - deya ma'lum qildi epidemiolog Jayaprakash Muliil. - Agar siz Mumbayda xavfsiz joy topmoqchi bo‘lsangiz va infeksiya yuqtirishdan cho‘chisangiz, unda siz aynan shu yerga borishingiz kerak».

Shvetsiya qattiq karantin choralaridan voz kechish va virus bilan kurashish uchun ommaviy immunitetni shakllantirish strategiyasi tufayli tanqid ostiga olindi. Yoz fasli boshida ushbu mamlakatning bosh epidemiologi Anders Tegnell ilk bor bunday yondashuv juda ko‘p odamlarning o‘limiga olib kelganini tan oldi. Biroq, aholisi yoshroq va koronavirusning og‘ir shakllariga kamroq moyil bo‘lgan Mumbaydagi tadqiqot strategiya ish berishi mumkinligini ko‘rsatdi, deya ta'kidlaydi agentlik.

Qashshoq tumanlarda ijtimoiy masofani saqlash deyarli imkonsiz bo‘lib, bu yerda infeksiyaning tarqalishi uchun yaxshi sharoitlar yaratilgan. Masalan, San-Fransiskodagi kabi miqdorda odamlar yashaydigan eng katta qashshoq tumanlardan biri Dxaravida 80 kishi bitta hojatxonadan foydalanadi, sakkiz kishilik oila esa 10 kvadrat metrdan kichikroq bo‘lgan xonada muntazam yig‘iladi, deb yozadi Bloomberg.

Shunga qaramay, xarobalarda koronavirusning ilk tarqalishidan bir necha hafta o‘tgach, butun Hindistonda yuqumli kasalliklar ko‘paygan bo‘lsa-da, bu yerda infeksiyasining tarqalishi keskin pasaygan. Mumbayda yangi kasallanish holatlari soni shu hafta deyarli uch oy ichidagi eng past darajaga tushdi. Qashshoq tumanlardagi vaziyat mahalliy hokimiyat tomonidan koronavirusni cheklash bo‘yicha ko‘rilgan choralar bilan izohlandi, deb yozadi Bloomberg. Test natijalarining paydo bo‘lishi bilan gap boshqa narsada ekani ayon bo‘lgan: inqiroz virus to‘xtatilgani uchun emas, balki u tarqalgani sababli yakunlandi, deya qayd etadi Bloomberg. «Virus o‘z vazifasini bajarmoqda. Virusni sizning karantiningiz tashvishga solmaydi va u sizning cheklov bo‘yicha urinishlaringizdan ko‘ra samaraliroq», - dedi Muliil.

Epidemiologning fikriga ko‘ra, hukumatning choralari baribir ishlamoqda va xarobalarda o‘lim darajasi past bo‘lib qolmoqda. Xususan, Dxaravida atigi 253ta o‘lim qayd etilgan. Epidemiologlar odatda jamoaviy immunitetga erishish uchun aholining 60 foizida antitanachalar bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, ijtimoiy masofani qo‘llash imkonsiz bo‘lgan holatlar haqida gap ketganda ham infeksiya tarqalishini sekinlashtirish mumkin, deya ta'kidlaydi agentlik. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top