Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Saraxs – Chabahar – Mumbay yo‘nalishida konteynerlardan iborat birinchi qatnov tashkil etiladi
Dehlida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Hindiston muzokaralarida Markaziy va Janubiy Osiyo transport aloqalarini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish rejalashtirildi.
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tashrifi doirasida Dehli shahrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Hindiston portlar, kemachilik va suv yo‘llari vaziri Sarbanand Sonoval bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Uchrashuvda qayd etilganidek, ikki mamlakat rahbariyati tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga faqat Markaziy va Janubiy Osiyo logistika va transport aloqalarini rivojlantirishga o‘z vaqtida e’tibor qaratish orqali erishish mumkin.
O‘zbekiston tomonidan Toshkent – Saraxs – Chabahar – Nhava Sheva porti (Mumbay) yo‘nalishi bo‘yicha konteynerlardan iborat birinchi qatnovni tashkil qilish, loyihani muvaffaqiyatli yakunlagach esa boshqa asosiy maqsadlarga, jumladan, yuqoridagi yo‘lak raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan qulay sharoitlarni shakllantirishga kirishish taklif etildi.
Hindiston tomoni bilan ikki mamlakat o‘rtasida yo‘lovchi qatnovlari sonini haftasiga 4 tadan 5 tagacha oshirish, shuningdek, haftasiga 2 marta havo transportida yuk tashishni yo‘lga qo‘yish masalasi kelishib olindi.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
14:47 / 27.10.2025
O‘zbekiston va Rhenus konteyner yo‘laklarini rivojlantirish rejasini kelishib oldi
14:24 / 11.07.2025
Xitoy va O‘zbekiston konteyner tashuvlari bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
14:39 / 17.01.2025