"Dunyo" xabariga köra, endi mazkur ikkita yirik megapolis örtasida Airbus A320 Neo havo laynerlarida haftasiga ikki marta parvozlar amalga oşiriladi.

Yangi xalqaro havo köprigining barpo etilgani qariyb 120 million aholi yaşaydigan Maharaştra ştati hamda unga qöşni hududlarning tadbirkorlari, akademik doiralar vakillari, madaniyat va boşqa sohalar xodimlari uçun ikki tomonlama aloqalarni yana mustahkamlaş uçun qulay şaroit yaratdi. Şuningdek, sayohat işqibozlari uçun turizmning yangi yönalişlari, jumladan, toğ-çanği, ziyorat, ekologik turlarini özlaştiriş, nikoh marosimlarini ötkaziş, kino ijodkorlari tomonidan filmlar suratga olişda yangi lokatsiyalar kaşf qiliş uçun keng imkoniyatlar taqdim etmoqda.

Mumbaydan Özbekiston poytaxti tomon yöl olgan birinçi reys 70 foizdan köproq miqdorda töldirildi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining xorijiy davlatlar, jumladan, Hindistonga parvoz geografiyasi kengayib boryapti, Mumbayga aviaqatnovlar qayta yölga qöyilgaç hind şaharlariga parvozlar soni haftasiga töqqiz martaga yetdi.