19:07 / 09.09.2020
33574

Polkovnik Abdurahim Mo‘minov prezident maslahatchisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Abdurahim Mo‘minov prezident maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenovga o‘rinbosar bo‘ldi.

Abdurahim Abdurasulovich Mo‘minov Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Polkovnik Abdurahim Mo‘minov 2016-2018 yillarda O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik xizmati rahbari bo‘lgan. 2018 yil mayidan buyon O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

U yangi lavozimida avvalroq Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimiga o‘tkazilgan Ulug‘bek Muhammadiyevning o‘rnini egallagan.

Mavzuga oid
Top