Abdurahim Möminov Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bundan FVV rasmiy saytidagi ma'lumotlar darak bermoqda.

Möminov Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligida favqulodda vaziyatlarning oldini oliş bilan boğliq masalalarni nazorat qiladi.

Şu bilan birga, Möminov aynan kimga örinbosarligi ma'lum emas — vazirlik saytida birinçi rahbar lavozimi böş turibdi.

Eslatib ötamiz, Abdurahim Möminov uşbu lavozimga tayinlangunga qadar Özbekiston Respublikasi prezidentining Xavfsizlik xizmati boşliği edi.