Özbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 29 iyulda qabul qilingan qaroriga binoan Uluğbek Islomoviç Muhammadiyev Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlandi.

Uluğbek Muhammadiyev 1977 yil 23 fevralda Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida tuğilgan. Özbekiston Milliy universiteti (tatbiqiy matematika va huquqşunoslik yönalişlari), Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi (xalqaro munosabatlar yönalişi)ni tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1999 yili Özbekiston Milliy universitetining öquv bölimi inspektori vazifasidan boşlagan. 2001-2008 yillarda Özbekiston Respublikasi prezidenti devoni, Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlaş va lavozimlarga tavsiya etiş böyiça oliy malaka komissiyasi kotibiyatida mas'ul lavozimlarda xizmat qilgan. 2008-2017 yillarda jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudining sudyasi sifatida faoliyat yuritgan.

2017-2018 yillar mobaynida Özbekiston Respublikasi prezidenti devoni Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmati yetakçi inspektori, şö'ba mudiri, Özbekiston Respublikasi prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş masalalari böyiça davlat maslahatçisi örinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

U. Muhammadiyev 2018 yil 26 avgustdan buyon Özbekiston Respublikasi prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, murojaatlar bilan işlaş masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari vazifasida işlab kelayotgan edi.

Eslatib ötamiz, Davlat xizmatlari agentligining avvalgi rahbari Halilillo Töraxöjayev iyun oyi oxirida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasining raisi lavozimiga ötkazilgandi.