16:55 / 27.09.2020
3210

Xitoyda ko‘mir konidagi yong‘inda 16 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning janubida joylashgan Chunsin munitsipalitetida 16 kishi ko‘mir konida yong‘in chiqishi oqibatida halok bo‘ldi. 

Foto: xinhuanet.com

Xinhua axborot agentligining xabar berishicha, fojia 27 sentabr ertalab mahalliy energetik kompaniyaga tegishli bo‘lgan Sunszao konida yuz bergan. 

Konda yong‘in chiqqan va is gazi miqdori xavfsiz darajadan oshib ketgan. Voqea vaqtida konda 17 kishi bo‘lgan. Ulardan faqat bir kishigina omon qolgan.

Top