11:24 / 21.10.2020
2012

Isroil BAA va AQSh bilan birga mintaqaviy investitsiya jamg‘armasini tashkil etmoqda

Isroil, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va AQSh seshanba kuni Amirlik delegatsiyasining Tel-Avivga birinchi tashrifi chog‘ida rivojlanish jamg‘armasi tashkil etilganini e'lon qilishgan.

«Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi normallashuv kelishuvining rasmiy nomi — «Ibrohim kelishuvlari»dan kelib chiqqan holda «Ibrohim jamg‘armasi» 3 milliard dollar miqdorida dastlabki sarmoyani ishga tushiradi», degan AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi bosh direktori Adam Beyler.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Al-Qudsga asoslangan fond Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada iqtisodiy hamkorlik va farovonlikni rivojlantirishga qaratilgan.

AQShning Isroildagi elchixonasi o‘z bayonotida ushbu fond «uch mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikning yangi ruhi hamda ularning mintaqani rivojlantirishga qaratilgan umumiy irodasi» ekanligini ta'kidlagan.

15 sentabr kuni BAA va Bahrayn Oq uyda normalizatsiya kelishuvlarni imzolagandan so‘ng Isroil bilan to‘liq diplomatik, madaniy va tijorat aloqalarini o‘rnatishga kelishib olgan edi.

Mavzuga oid
Top