Isroil Mudofaa kuçlari harbiy razvedka boşqarmasi boşliği Aaron Haliva iste’foga çiqdi, deb xabar bermoqda Reuters Isroil harbiylarining 22 aprel, duşanba kuni ertalab e’lon qilingan bayonotiga tayanib.
Ötgan yili Xaliva harbiylar Falastinning HAMAS guruhi 7 oktyabr kuni Isroilga hujumiga tösqinlik qilmagani uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. «Biz eng muhim vazifamizni bajara olmadik va men, harbiy razvedka boşliği sifatida, muvaffaqiyatsizlik uçun töliq javobgarlikni öz zimmamga olaman», dedi u.
Isroil Boş xavfsizlik xizmati - «Şabak» («Şin Bet») rahbari Ronen Bar ham 7 oktyabrdagi muvaffaqiyatsizlik uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. Uning Ğazo sektoridagi Isroil harbiy amaliyoti yakunida iste’foga çiqişi kutilmoqda.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 34 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.













