08:21 / 11.11.2020
6803

Qator qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga 21-moddaning “Auditorlik tashkilotlarining professional jamoat birlashmalari” yangi tahriri taklif qilinmoqda. Unda a'zolik tartibi, rahbarlarning vazifalari, ularga talablar belgilanadi. 25-moddaga “Auditor malaka sertifikatini bekor qilish” o‘zgartirishlar kiritiladi. Ular sertifikatni bekor qilish asoslari va tartibini tartibga soladi.
 
Norma’ning yozishicha, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda 16-modda tibbiyot buyumlarni ishlab chiqarish va ulgurji realizatsiya qilish bo‘yicha, shuningdek oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalashni bekor qilishga taalluqli 3 va 4-qismlar bilan to‘ldirilmoqda. Bundan tashqari, 21-1-moddani “Optika (oftalmologiya tibbiy buyumlarini realizatsiya qilish punkti)” kiritish taklif qilinmoqda.
 
“Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda 3 va 4-moddalarga malaka sertifikatini olish, shuningdek professional jamoat birlashmalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Ushbu qonunni 5-1-modda “Rieltor faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari” bilan to‘ldirish taklif qilinmoqda.
 
Shuningdek, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi , “Markaziy bank to‘g‘risida”gi, “Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunlarga, Soliq kodeksiga va boshqalarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
 
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Top