«Yoşlarga yer ajratiş orqali ularning daromadlarini oşiriş va bandligini ta’minlaş, şuningdek, yangi yer maydonlarini özlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qöyilib, dehqon xöjaliklarini taşkil etiş uçun yoşlarga ijaraga beriladi hamda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişdan sotişgaça bölgan zanjirni qamrab oluvçi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:
- 60 ming gektar yer maydonini ijaraga beriş böyiça elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan şakllantiriladigan röyxatga kiritilgan yoşlar (talabgorlar) örtasida ötkaziladi.
Bunda yer maydonlarini ijaraga beriş böyiça elektron onlayn auksion savdolari ğoliblariga yer uçastkasi narxini 10 yil muddatga teng uluşlarda foizsiz bölib-bölib tölaşga ruxsat beriladi. Zakalat puli BHM 1 baravari (340 ming söm) miqdorida belgilanadi.
Şuningdek, qarorga köra, talabgorlarga 30 yil muddatgaça kiçik lotlarda «bir massiv – bir mahsulot» tamoyili asosida quyidagilar ijaraga beriladi:
- sabzavot, kartoşka, poliz ekinlari, gul, kökatlar, makkajöxori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetiştirişga suğoriladigan ekin maydonlari;
- boğdorçilik-uzumçilik yönalişlari uçun köp yillik daraxtzorlar yoki samarasiz boğlar yer maydonlari;
- dorivor ösimliklar yetiştiriş, çorvaçilik yönalişlari uçun çorva ozuqasi ekinlarini yetiştirişga möljallangan, lalmi, böz, yaylov va yangi özlaştirilgan yer maydonlari.
Talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari ölçamlari “mahalla yettiligi” taklifiga köra aniqlanadi.
Yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olgan yoşlar «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoşlar daftari»dan çiqarilmaydi va ular uçun qonunçilikda belgilangan barça imtiyoz va preferensiyalar saqlab qolinadi.
Şu bilan birga, qarorga köra, talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yilgaça muddatga 100 mln sömgaça kredit ajratiladi.
Bunda, qaror doirasida barça turdagi kreditlarni «mahalla yettiligi»ning kafilligi asosida ajratişga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uçun teng javobgar böladi.
Talabgorlarga mini-texnika, uruğ va köçat xaridiga «Yoşlar daftari» jamğarmasidan 5 million sömdan subsidiya, Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasidan – 33 mln sömgaça kredit ajratiladi.












