09:54 / 16.12.2020
2806

AQSh G‘aznachiligi maslahatchisi O‘zbekiston davlat organlari uchun ma'ruza o‘qimoqda

Kapital bozorni rivojlantirish agentligi AQSh G‘aznachiligi bilan hamkorlikda ma'ruzalar kursini o‘tmoqda.

Joriy yilning 14 dekabridan 18 dekabriga qadar AQSh G‘aznachiligining texnik yordam bo‘limi maslahatchisi, AQSh kapital bozorida 30 yildan ziyod tajribaga ega doktor Vilyam Jonnes O‘zbekiston davlat organlari uchun ma'ruzalar kursini o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ma'ruzalar, asosan, O‘zbekiston Markaziy banki, Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda tinglovchilar IPOni o‘tkazish jarayoni bo‘yicha xalqaro tajriba, samarali bozor nazariyasi hamda kapital bozoridagi global tendensiyalar xususida batafsil ma'lumotga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, doktor Jonnes rivojlanayotgan davlatlarda moliya bozorlarini kengaytirish hamda pandemiyadan keyingi davrda iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari haqidagi mulohazalarini bildirib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, agentlik xodimlari Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya instituti talabalari uchun maxsus ma'ruzalar o‘qib, O‘zbekiston moliya bozorining bo‘lajak mutaxassislari bilan tajriba almashib kelayotgandi.  

Top