08:03 / 06.02.2021
8558

Yashnobod tumanida yirik YTH sodir bo‘ldi, 4 kishi kasalxonaga olib ketildi

2021 yil 5 fevral kuni taxminan soat 12:10larda Yashnobod tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida “Yequinox AT” avtomobilini boshqarib borgan 39 yoshli D.A. qayta burilish harakati davomida harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan 70 yoshli P.K. boshqaruvidagi “KamAZ" yuk avtomobilini o‘tkazib yubormagan. 

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida “Yequinox AT” avtomobili boshqaruvsiz harakatni davom ettirib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 50 yoshli A.N. boshqaruvidagi "Nexia" avtomobiliga to‘qnashgan. Bir vaqtning o‘zida “KamAZ” avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib TMA-1 binosiga to‘qnashgan.

YTH oqibatida uchala avtomobil haydovchilari hamda yuqoridagi binoda bo‘lgan 73 yoshli M.M. shifoxonaga yetkazilgan.

Mazkur fakt bo‘yicha tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Top