21:10 / 06.09.2021
6390

Tog‘li Qorabog‘da Ozarboyjon va Turkiya harbiylarining o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

Mashg‘ulotlardan asosiy maqsad harbiylarning jangovar operatsiya o‘tkazishda o‘zaro hamkorligini takomillashtirishdan iborat. Bunda zamonaviy texnika va boshqa harbiy vositalardan foydalanishga alohida e'tibor qaratiladi.

Foto: Ozarboyjon mudofaa vazirligi

Tog‘li Qorabog‘da, Ozarboyjonning Lochin tumani hududida Ozarboyjon-Turkiya harbiy mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Ozarboyjon mudofaa vazirligi xabar berdi.

Mashg‘ulotlar ikki davlat o‘rtasida tuzilgan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq o‘tkazilmoqda.

Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlardan asosiy maqsad harbiylarning jangovar operatsiya o‘tkazishda o‘zaro hamkorligini takomillashtirishdan iborat. Bunda zamonaviy texnika va boshqa harbiy vositalardan foydalanishga alohida e'tibor qaratiladi.

Iyun oxirlarida Ozarboyjon va Turkiya qurolli kuchlari Naxichevan muxtor respublikasida maxsus-taktik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgandi.

Mavzuga oid
Top