Germaniya va Turkiya prezidentlari Frank-Valter Ştaynmayyer va Rajab Toyyib Erdöğan 24 aprel, çorşanba kuni Anqarada bölib ötgan qöşma matbuot anjumanida ötkazgan uçraşuvidan söng ikki davlat örtasidagi hamkorlikni yanada yaqinlaştiriş va yaxşilaşdan «aniq manfaatdor ekanini» tasdiqladi.

«Huquqiy aniqlik va qonun ustuvorligi muhim şartlar», deb ta’kidlagan Ştaynmayyer Turkiyaga «dinamik, demokratik, Yevropaga yönaltirilgan rivojlaniş»ni tilab. Germaniya prezidentining ta’kidlaşiça, Germaniya dunyoning boşqa heç bir davlati bilan Turkiyada bölgani kabi «yaqin oilaviy aloqalarga» ega emas. «Biz bir-birimizga muhtojmiz», deb xulosa qildi Ştaynmayyer.

«Biz munosabatlarimizni kengaytiriş istagida ekanligimiz aniq», dedi Erdöğan Anqaraning Germaniyada «öng ekstremistik va ksenofobiya körinişlarining ösişi»dan xavotirini qayd etib.

Erdöğon ğarbni Ğazo sektori aholisi azoblariga e’tibor bermaslikda aybladi

Turkiya prezidenti öz nutqida ğarbni Ğazo sektoridagi tinç aholi azob-uqubatlariga köz yumayotganlikda aybladi. Erdöğan Ştaynmayyer bilan uçraşuvidan söng: «Bizning nemis döstlarimiz bu fojiali vaziyatni körişi kerak» dedi. U butun ğarb Isroil tomonida turganini qöşimça qildi. Bundan taşqari, Erdöğan Turkiyaga qurol eksportiga qöyilgan çeklovlarni butunlay bekor qilişga çaqirdi.

Turkiya prezidenti HAMAS guruhi bilan yaqin aloqada, deya eslatadi AFP. Germaniya prezidentining taşrifidan bir neça kun oldin Erdöğan taşkilot yetakçilaridan biri Ismoil Haniya bilan uçraşdi. Amerikaning «Demokratiyani himoya qiliş jamğarmasi» (Foundation for Defense of Democracies, FDD) tahlil markaziga köra, HAMAS Anqaradan nafaqat siyosiy, balki moliyaviy va moddiy yordam ham oladi.

Erdöğan, Isroil rasmiylariga köra, 2023 yil 7 oktyabr kuni jangçilar 1200 ga yaqin odamni öldirgan va 240 nafarini garovga olgan hodisa - HAMASning Isroilga qarşi keng kölamli teraktini qoraladi. Ammo, şu bilan birga, Erdöğan HAMASni «qarşilik körsatuvçi guruh» deb atadi. Boşqa tomondan, u NATOning yaqin ittifoqçisi bölgan Isroilni bir neça bor «terrorçi davlat» degan.