13:59 / 28.09.2021
1406

Surxondaryoda xorijga ishga jo‘natishini aytib fuqarodan 2 400 dollar olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida xorijga ishga jo‘natishini aytib fuqarodan 2 400 AQSh dollari olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 19 sentabr kuni Sho‘rchi tumani Joyilma mahallasida yashovchi X.K. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Ariza mazmuniga ko‘ra, 2020 yil dekabr oyida Sho‘rchi tumani Oynako‘l mahallasida yashovchi J.I. X.K.ning uyiga borib, o‘g‘li X.J.ni Koreya davlatiga ishga jo‘natishini va'da qilgan. So‘ng, undan 2 400 dollar pullarini olib, ularni o‘zining ehtiyojiga ishlatib yuborgan.

Qayd etilishicha, joriy yil 19 sentyabr kuni Sho‘rchi tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan J.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid
Top