Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida fuqarolarni çet elga işga jönatişni va'da qilib, ularning pulini özlaştirgan şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Çiroqçi tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro T.T. fuqaro N. va B.larning işonçiga kirib, ularni Janubiy Koreyaga işga jönatişga va'da berib, evaziga 1 750 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganligi aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan T.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Qaşqadaryoda qalbaki PZR-test natijalarini sotayotgan xususiy klinika rahbari qölga olindi

Xorijga çiqiş uçun 1200 AQŞ dollar evaziga soxta hujjat tayyorlab bermoqçi bölgan şaxs uşlandi