Kun.uz’ga Şörçi tumanidagi Xuşçekka mahallasi aholisidan murojaat kelib tuşdi. Unda 2023 yilda mahallada “Obod xonadon, obod köça, obod mahalla” dasturi doirasida bajarilişi lozim bölgan işlar çala taşlab ketilgani aytiladi.

Murojaatçilarga köra, 2023 yil boşida Xuşçekka mahallasi “Obod xonadon, obod köça, obod mahalla” dasturiga kiritilgan. 2023 yil 24 mart kuni viloyat hokimi Uluğbek Qosimov mahallaga kelib, yaroqsiz holdagi eski köprik örniga yangi köprik quriş va mahalla köçalarini asfalt qilib berişni aytib, mutasaddilarga bu borada topşiriqlar bergan.
“Mahalladagi içki yöllar holati qattiq tanqid qilindi. Tuman mutasaddilariga yöl masalasiga e’tibor qaratmagani uçun e’tiroz bildirildi. Bevosita aholi kayfiyatiga ta’sir qiluvçi yöllar ta’mirini ertadan boşlaş, aholi uçun qulaylik yaratiş lozimligi qayd etildi”, deyiladi viloyat hokimining Xuşçekka mahallasiga borgani haqidagi xabarda.

Foto Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Dastur doirasida eng avval mahalladan ötuvçi soy ustiga köprik qurişga kirişilgan. Keyin tuproq köçalarga şağal tökilgan. Amalga oşirila boşlangan bu işlar haqida tuman hokimligi axborot xizmati fotolar va videolar bilan xabarlar e’lon qilib borgan. Ularda mahalladagi 31-maktabgaça ta’lim taşkiloti, 12-umumta’lim maktabi va mahalla idorasi yangi binoda iş boşlagani, köçalarga asfalt yotqizilgani hamda odamlarning uylari ta’mirlab berilgani ta’kidlanadi.
Biroq mahalla ahli öz murojaatida mahalladagi işlar oxiriga yetkazilmaganini ma’lum qildi: köçalarning bir qismi asfalt qilingan, boşqa qismi taşlab ketilgan, mahallaga örnatilişi kerak bölgan suv siğimi va transformator örnatilmagan.
Eng muhimi, mahalla ahli uçun zarur bölgan köprik qurilişi boşlanganidan köp ötmay çala qolib ketgan. Şu sababli bugungi kunda nafaqat mahalla ahli, balki yon-atrofdagi mahallalar aholisi ham sel keçişga majbur bölmoqda. Bundan ayniqsa maktab öquvçilari qiynalişyapti. Ular qişning qirovli kunlarida soydan ötişda loyqa suv keçişga majbur bölişmoqda.


















