07:59 / 28.10.2021
5061

15,8 foiz oilalar ikki nafar farzand bilan ajrashib ketgan

15,8 foiz oilalar ikki nafar farzand bilan ajrashishgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Foto: Shutterstock

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida 29 031ta nikohdan ajrashish qayd etilgan. 

Jami nikohdan ajrashish davrida (2021 yil yanvar-sentabr):

  • farzandsiz ajrashish – 51,1 foiz;
  • bir nafar farzand bilan ajrashish – 28,1 foiz;
  • ikki nafar farzand bilan ajrashish – 15,8 foiz;
  • uch nafar farzand bilan ajrashish – 4,2 foiz;
  • to‘rt va undan ortiq farzand bilan ajrashish – 0,9 foizga teng.

Avvalroq, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda deyarli 20 ming oila ajrashgani, ajrashishlarning har beshtadan bittasiga er yoki xotinning qarindoshlari sabab bo‘layotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top