07:55 / 19.11.2021
5226

«G‘ijduvon» erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytirildi

Prezidentning "G‘ijduvon" erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga asosan "G‘ijduvon" EIZ hududini kengaytirish uchun Peshku tumani “Jongeldi” MFYdagi va Qorovulbozor tumani “Bo‘zachi” MFYdagi 100 gektardan bo‘sh turgan yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan boshqa yer toifasiga o‘tkaziladi. Mazkur yer uchastkalari davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan holda, "G‘ijduvon" EIZ direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi.

"G‘ijduvon" EIZning yangi hududlarida ustuvor ravishda qurilish sanoatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalar amalga oshiriladi.

"G‘ijduvon" EIZning hududida, shu jumladan yangi tashkil etiladigan hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish prezidentning PF-5600-son farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.

"G‘ijduvon" EIZga yer maydonlari ajratilishi bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.

Top