2022 yil 6 fevraldan 7 fevralga ötar keçasi soat 02:58 da noma’lum şaxs Buxoro viloyati, Ğijduvon tumani A.Doniş köçasidagi 78-uy oldida turgan, 37 yoşli B.F.ga tegişli Lacetti rusumli avtomaşinaga tez yonuvçan yonilği sepib, avtomaşinani yoqib yuborgan va hodisa bölgan joydan yaşiringan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, holat yuzasidan Ğijduvon tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan noma’lum şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksning 173-moddasi 2-qismi “b” bandi (Mulkni qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, uşbu jinoyatni Ğijduvon tumanida yaşovçi 33 yoşli R.A. va 45 yoşli Ya.A. sodir etgani aniqlangan.
«Tergov davomida jinoyatning kelib çiqiş sababi örganilganda, R.A. bir köçada yaşovçi jabrlanuvçi B.F. bilan bir neça kun oldin kabutar ustida özaro janjallaşgani, şundan söng şu kuni tanişi Ya.A. bilan birga spirtli içimlik iste’mol qilgan holda, tungi soat 2:50 larda 42 000 söm evaziga 5 litr hajmdagi yelim idişga benzin sotib olib, B.F.ning uyi oldida turgan avtomaşina ustiga yonilği sepib yoqib yuborgani ma’lum bölgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda», deyiladi ma’lumotda.

















