08:13 / 12.12.2021
4964

Andijon viloyatida 4 ballik zilzila qayd etildi

Andijonda tun yarmida yer qimirladi.

Andijon viloyatida 12 dekabr kuni soat 03:30 zilzila qayd etildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berishicha, zilzila episentri Toshkentdan 289 kilometr janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 5 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3,7 ballga teng bo‘lgan.

Turli hududlarda silkinishlar kuchi quyidagicha bo‘lgan:

  • Xo‘jaobod tumanida 4 ball;
  • Jalaquduq tumanida 4 ball;
  • Buloqboshi tumanida 3 ball;
  • Andijon tumanida 3 ball;
  • Andijon shahrida 2-3 ball;
  • Qo‘rg‘ontepa tumanida 2 ball;
  • Asaka tumanida 2 ball;
  • Marhamat tumanida 2 ball.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta 17 noyabr kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon va Namanganda sezilib, magnitudasi 4,6 ballga teng bo‘lgandi. Undan avvalroq, 12 noyabr kuni Andijon viloyatida 4 ballik zilzila qayd etilgandi.

Top