23:05 / 14.12.2021
6730

“Omikron” shtammi dunyoning 77 mamlakatida aniqlandi

Gebreyyesusning so‘zlariga ko‘ra, “omikron” bilan bog‘liq og‘ir holatlar bo‘lmasa-da, kasallik yuqtirishlar soni muntazam o‘sib bormoqda, bu shifoxonalarning to‘lib ketishiga olib kelishi mumkin.

Foto: Pierre Crom/Getty Images

“Omikron” shtammi bilan bog‘liq holatlar dunyoning 77 mamlakatida qayd etildi, deb ma’lum qildi JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus.

“Omikron” ko‘plab mamlakatlarga kirib borgan, lekin hali aniqlanmagan bo‘lishi mumkin”, dedi Gebreyyesus.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “omikron” bilan bog‘liq og‘ir holatlar  bo‘lmasa-da, kasallik yuqtirishlar soni muntazam o‘sib bormoqda, bu shifoxonalarning to‘lib ketishiga olib kelishi mumkin.

“Omikron” shtammi noyabrda aniqlangandi. Mutaxassislar uning juda tez tarqalishi va ko‘plab mutatsiyalarga egaligini ma’lum qilgan.

Mavzuga oid
Top