Yangi turdagi «kraken» koronavirusi avvaldan ma’lum bölgan «omikron» ştammiga öxşaydi, çunki uning variantlaridan biri hisoblanadi va alohida xususiyatlarga ega emas, deb yozdi RBK.

«Kraken» oldingi mutatsiyalardan juda oz farq qiladi va u ham «omikron» hisoblanadi. Lekin u «omikron»ning evolyutsiyasi emas. Bu allaqaçon virusning parallel evolyutsiyasi, özgarişlari. Ammo, aftidan, u oğir kasalliklarni keltirib çiqarmaydi», dedi Rossiyaning Meçnikov nomidagi Vaksinalar va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Vitaliy Zverev.

Virusolog sözlariga köra, bu turning yagona muhim jihati - «omikron»ning ilk variantlari bilan kasal bölganlarga yuqiş qobiliyati bölişi mumkin. Biroq, baribir «kraken» yuqtirgan bemorlarda kasallik yengil keçadi.

«Hozir koronavirusning barça mavjud variantlari «omikronlar» va uning «qarindoşlari». Jumladan, «kraken» ham. Hozirça, baxtimizga, yuqori patogen ştamm paydo bölişiga olib keladigan mutatsiya sodir bölmadi. Koronavirus evolyutsiyasi «yanada yuqumli, ammo tobora zararsiz» yöldan ketdi. Barça variantlar (kraken, tserber, kentavr) mana şu kategoriyaga böysunmoqda», dedi virusolog, Moskva davlat universiteti professori, biologiya fanlari doktori Aleksey Agranovskiy.

Virusolog sözlariga köra, «kraken» ham boşqa «omikron»larning bir qator xususiyatlariga ega.

«Kraken» (SARS-CoV-2 XBB.1.5 kiçik turi) birinçi marta 2022 yil 22 oktyabrda AQŞda aniqlandi. Kasalliklar profilaktikasi va nazorati böyiça Yevropa markazi (ECDC) ma’lumotlariga köra, u juda tez tarqala boşladi. Yangi tur allaqaçon Daniya, Fransiya, Avstriya, Niderlandiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Şvetsiya, Islandiya, Belgiya, Çexiya, Portugaliya va Irlandiyada aniqlangan.