Özbekistonda omikron ştammining VA.5 varianti dominant versiyaga aylandi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, mamlakatda noyabr oyidan boşlab koronavirusga çalingan bemorlar soni sezilarli darajada ortmoqda. Ösiş dinamikasi, avvalo, kunlar sovib, odamlar asosiy vaqtini yopiq bino va inşootlarda ötkazayotgani bilan boğliq. Qolaversa, COVID-19’ning yuqumlilik darajasi yuqori bölgan yangi mutatsiyalari bemorlar soni köpayişiga sabab bölyapti.

Xöş, Özbekistonda hozirgi kunda omikronning qaysi subvarianti dominant versiyaga aylangan?

Buni aniqlaş maqsadida 10–12 noyabr kunlari Respublika maxsus 1-son Zangiota yuqumli kasalliklar şifoxonasiga gospitalizatsiya qilingan 27 nafar bemordan tibbiy namunalar olindi. Şundan söng uşbu tahlillar Innovatsion rivojlaniş vazirligi qoşidagi Ilğor texnologiyalar markazida sekvenlaş jarayonidan ötkazildi. Natijada 27 nafar bemor omikron ştammining BA.5 subvarianti bilan zararlangani ma’lum böldi.

BA.5 subvariantining avvalgi mutatsiyalardan farqi nimada?

Mazkur versiyaning yaşirin davri boşqa ştammlar singari 5–6 kun emas, 2–3 kunni taşkil etyapti. Uning asosiy belgilari:

  • tomoq oğriği;
  • tana haroratining gektik (41 darajagaça) kötarilişi;
  • boş va muşaklarda kuçli oğriq;
  • holsizlik;
  • uyquçanlik;
  • konyuktivit (10 foiz holatda);
  • rint va tonzilit (40 foiz holatda);
  • otit (10 foiz holatda);
  • diareya (10 foiz holatda) yuzaga kelişi kuzatilmoqda.

Şuningdek:

  • kuçli va xurujli yötal;
  • ba’zi hollarda kökrak qafasida oğriq;
  • nafas qisişi va havo yetişmaslik belgilari yuzaga kelmoqda.

«Öpka töqimasining zararlanişi 30–40 foiz holatlarda kuzatilmoqda. Bunday bemorlarning aksariyati uy şaroitida yoki ba’zi xususiy klinikalarda antibiotik, gormon preparatlari hamda tomçi dorilarni tomir içiga maqsadsiz va palapartiş qabul qilgan yurtdoşlarimizdir», – deydi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar şifoxonasi direktori Anvar Husanov.