11:07 / 23.12.2021
19049

Samarqand viloyati hokimining ikki o‘rinbosari o‘zgardi

Samarqand viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha hamda mahalla masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘zgardi.

Samarqand viloyati hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi. Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat hokimining tegishli qarorlari bilan viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Botir Nurullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Botir Nurullayev

Ushbu lavozimga shu kunga qadar prezident huzuridagi davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati hududiy filiali rahbari lavozimida faoliyat olib borgan Rustam Qobilov tayinlangan.

Rustam Qobilov

Rustam Qobilov 2018 yil 16 apreldan 2020 yil 10 sentyabrgacha Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 

Botir Nurullayev viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimida 2019 yil yanvaridan buyon ishlab kelayotgandi.

Shuningdek, viloyat hokimi o‘rinbosari - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Asqar Umarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Ushbu lavozimga shu kunga qadar Samarqand viloyati Bandlik Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Isroil Jabborov tayinlangan.

Isroil Jabborov

Asqar Umarov 2020 yil fevralida viloyat hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid
Top