Özbekiston prezidenti farmoyişi bilan Şuhratali Toyiroviç Imomov Namangan viloyati soliq boşqarmasi boşliği etib tayinlandi. Bu haqda soliq qömitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Şuhratali Imomov 1977 yil Toşkent şahrida tuğilgan. Ma’lumoti oliy. 2005 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Soliq xizmatining II darajali maslahatçisi hisoblangan Şuhratali Imomov muqaddam Toşkent viloyatidagi tumanlar soliq inspeksiyalarida rahbarlik qilgan, keyinroq Toşkent viloyati DSB boşliği örinbosari sifatida işlagan.

    2023 yil avgustida Qaşqadaryo viloyati soliq boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangandi.

    Namangan viloyati DSBga esa 2022 yil mayidan buyon Alişer Boyxanov rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozirça ma’lumot yöq.

    • 17 aprel kuni ham ikki viloyatda DSB boşliqlari özgargandi. 2023 yil avgustidan buyon Samarqand viloyati soliq boşqarmasi lavozimida işlab kelgan Sirojiddin Eşmatov Qaşqadaryo viloyati DSB boşliği lavozimiga ötgan, uning örniga Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbari bölgan Elyor Tolliyev Samarqand viloyati soliq boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangandi.