Qişloq xöjaligi vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oşirildi. Bu haqda boş vazir matbuot kotibi Behzod Hidoyatov xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan Jabborov Şuhrat Abdumajidoviç Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi raisining birinçi örinbosari, Akbarov Abror Akmaloviç esa qömita raisi örinbosari etib tayinlangan.

Şuningdek, Hamroyev Bobur Zohir öğli Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinçi örinbosari, Yunusov Uluğbek Mamajonoviç esa agentlik direktori örinbosari etib tayinlangan.