Qurolli Kuchlarning 30 yilligi - Vatan himoyachilari kuni bayram dasturidan fotogalereya
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkentdagi «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda rasmiy shaxslar, askarlar, serjantlar, ofitserlar va ularning oila a’zolari, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Marosim avvalida mudofaa vaziri general-leytenantBahodir Qurbonov Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni, prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Kun.uz muxbiri ko‘rgazmali chiqishlar va konsert tarzida o‘tgan bayram dasturidan fotoreportaj taqdim etadi.