22:21 / 29.04.2022
16573

Ilhom Aliyev: Ozarboyjon Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi

Foto: «Interfaks-Ozarboyjon»

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

«Biz xuddi boshqa davlatlar singari Ukrainaning ham hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaymiz va daraxt ortiga bekinmasdan, buni ochiq e’lon qilamiz. Ha, Rossiya bilan yaxshi munosabatda ekanimizni inkor etmaymiz. Xalqaro huquq tamoyillari hech qanday holatda siyosiy ustunlik sabab buzilmasligi kerak», deya Aliyevning bayonotidan iqtibos keltiradi «Interfaks-Ozarboyjon».

Agentlik xabariga ko‘ra, Aliyev Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash haqida Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojaro kontekstida aytib o‘tgan. Uning fikricha, xalqaro hamjamiyat Gruziya va Moldovaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagan holda, Ozarboyjonga ham xuddi shunday munosabatda bo‘lmagan.

  • 23 aprel kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ilhom Aliyev Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini, Ozarboyjon — Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroga nisbatan neytral pozitsiyasi Kiyev tomonidan to‘g‘ri tushuniladigan «kam sonli davlatlardan biri ekani»ni aytgandi. «Biz neytrallik muvozanatini tushunamiz, chunki ularda urush chiqishi mumkin. Ammo biz ko‘proq narsa kutamiz va uzoq vaqt tushuna olmaymiz, chunki bu biz uchun qiyin bo‘ladi», — degandi u.
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top