Ukraina Oliy radasi ikki vazirni ishdan bo‘shatdi
Ukraina Oliy radasi agrar siyosat vaziri Nikolay Solskiy va bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Kubrakovni ishdan bo‘shatdi.

Aleksandr Kubrakov Foto: RBK-Ukraina
Ukraina Oliy radasi mamlakat agrar siyosat va oziq-ovqat vaziri Nikolay Solskiy, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari, jamoatlar, hududlar va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Aleksandr Kubrakovning iste’fosi uchun ovoz berdi. 9 may, payshanba kuni ularning ishdan bo‘shatilishini mos ravishda 273 va 272 deputat qo‘llab-quvvatladi.
Solskiy yer uchastkalari bilan firibgarlikda gumon qilinmoqda
Ukrainaning Korrupsiyaga qarshi milliy byurosi (KQMB) avvalroq mamlakat agrar siyosat vaziri Nikolay Solskiyni 291 million grivna (taxminan 6,83 million yevro)lik davlat yerlarini egallab olish va yana 190 million grivna (taxminan 4,46 million yevro)lik yerlarga egalik qilishga uringanlikda gumon qilayotgani haqida xabar bergan edi. Shundan so‘ng Solskiy iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdi. Ertasi kuni sud uni hibsga olishga qaror qildi, ammo Solskiyga 75,7 million grivna (taxminan 1,78 million yevro) miqdorida garov puli belganilandi va u hibsdan ozod qilindi. Keyinchalik xuddi shu ish bo‘yicha uning o‘rinbosari Markiyan Dmitrasevich hibsga olingan.
Kubrakov ishdan bo‘shatilishi masalasi muhokama qilinmaganini aytdi
Ukraina jamoatlar, hududlar va infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakovning aytishicha, na mamlakat bosh vaziri Denis Shmixal, na «Xalq xizmatchisi» fraksiyasi rahbariyati u bilan uni ishdan bo‘shash qarorini muhokama qilmagan. «Men har doim ochiq muloqotga va vazirlikning o‘zimga tegishli barcha yo‘nalishlar bo‘yicha olib borayotgan ishlari bo‘yicha batafsil hisobot berishga tayyorman», — deb yozadi u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

16:44 / 16.04.2025
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik 6 avgustgacha uzaytirildi

13:06 / 16.04.2025
Ukraina Bosh shtabi: Sumiga zarba bergan brigadaga hujum qilindi

13:03 / 16.04.2025
AQSh Ukrainaga harbiy yordam uchun «qarz» miqdorini uch barobarga kamaytirdi

12:26 / 16.04.2025