Ukrainada uruşning 806-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Moskvada Ğalaba paradi ötkazildi. Unda Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Laos, Gvineya-Bisau va Kuba prezidentlari ham iştirok etdi.
- Ukrainlar droni Boşqirdistondagi «Gazprom Neftexim» neftni qayta işlaş zavodiga hujum uyuştirdi. Şuningdek, pilotsiz uçiş qurilmalari Krasnodar ölkasining Anapa şahri yaqinidagi neft baza hududiga uçib kelib, bir qança rezervuarlarga şikast yetkazgan.
- Belgorod şahri Ukraina qurolli kuçlari tomonidan öqqa tutilişi oqibatida 11 kişi jarohatlandi.
- Nikopolda Rossiya qöşini zarbasi oqibatida ikki kişi halok böldi.
- Volodimir Zelenskiy ğarb qurollari yetib kelganidan keyin Ukraina jang maydonida taşabbusni öz qöliga olişi mumkinligini aytdi.
- Ukrainada qurol işlab çiqariş böyiça yettita maxfiy zavod qurildi, ularning bir qismi yer ostida joylaştirilgan, deb xabar berdi Ispaniyaning El Mundo naşri.
Kun kadri. Belgorod Ukraina qurolli kuçlari tomonidan öqqa tutilişi
9 mayga ötar keçasi Belgorod şahri va Belgorod rayoni ukrain qöşini zarbasiga uçradi. 11 kişi, jumladan 11 yoşli qiz jarohatlangan, degan Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov. Uning sözlariga köra, hujum oqibatida 34 kvartira, beşta xususiy uy hamda 40 ta maşina şikastlangan.

Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarida Ğalaba kuni
9 mayga bağişlangan marosimlar Donetsk, Luhansk, Mariupol va Rossiya qöşini nazoratida qolayotgan boşqa ukrain şaharlarida ötkazildi.

AFP / Scanpix / LETA

RIA Novosti / Profimedia





















