11:33 / 21.07.2022
4987

Qozog‘iston transafg‘on temiryo‘li qurilishida ishtirok etishi mumkin

Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston "Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" temiryo‘li qurilishida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

“Nigoh” kanali xabariga ko‘ra,  Qosim-Jo‘mart To‘qayev shunday degan: “biz temiryo‘llarning yer ustki qurilmalari uchun materiallar bilan uzluksiz ta’minlab, harakat tarkibi taqdim qilishimiz mumkin".

Avvalroq "Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" temiryo‘li loyihasining yo‘nalishi va texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlash bo‘yicha ekspeditsiya ishlari boshlangandi. Temiryo‘l uzunligi 600 km bo‘ladi, taxminiy qiymati – 5 mlrd dollar.

Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, Pokistondan O‘zbekistonga yuk tashish 35 emas, 3-5 kun davom etishi, bitta standart yuk konteynerini tashish narxi qariyb uch barobarga arzonlashishi kutilmoqda. 

Shu bilan birga, ushbu yo‘nalish bo‘yicha yuk tashish hajmi 10 million tonnaga yetishi mumkin.

Top