14:05 / 25.07.2022
23805

Hujumga uchragan maktabni tozalayotgan o‘qituvchi va huvillagan bozordagi sotuvchi. Urush suratlari

24 iyul kuni RF TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya «ukrain xalqiga xalqqa va tarixga qarshi rejimdan qutulishda yordam berayotgani» haqida gapirdi. Ukrainada urushning besh oyi mobaynida Rossiya bilan hamkorlik qilishga oid mingdan ortiq ish ochilgan. TASS xabar qilishicha, urush boshidan buyon Rossiyaga Ukrainadan 2,8 million kishi o‘tgan. Volodimir Zelenskiy ular majburlab olib ketilganini aytdi. Iyul oyi davomida Ukraina tomonida turib harbiy harakatlarda ishtirok etgan AQShning ikki fuqarosi, shuningdek Kanada, Shvetsiya va Polsha fuqarolari Donbassda halok bo‘lgan. 

Quyida 24 iyul - Ukrainada urushning 151-kunida olingan suratlar.

Chernihiv oblasti 

Rave Cleanup a’zolari Chernihiv oblasti Yagodnoye qishlog‘idagi Madaniyat uyida — didjyeylar musiqalari sadolari ostida atrof tozalanmoqda. Shanbalik Repair Together tomonidan tashkillashtirilgan: ular harbiy harakatlar bo‘lib o‘tgan qishloqlar bo‘ylab kezib, mahalliy aholiga xarobalarni tozalashda yordamlashmoqda. Foto: Alexey Furman / Getty Images
Repair Together tashkiloti ko‘ngillilari Rave Cleanup tadbiri doirasida Yagodnoyedagi Madaniyat uyini tozalashmoqda
Alexey Furman / Getty Images
Yagodnoyeda Madaniyat uyidagi hasharda qatnashayotgan ko‘ngilli
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ko‘ngillilar Yagodnoyedagi Madaniyat uyini tozalashmoqda va raqs tushishmoqda
Alexey Furman / Getty Images
Yagodnoye Kiyevdan 140 kilometr shimolda, Chernihiv yaqinida va Belarus chegarasi tomonda joylashgan. Qishloq qariyb bir oy mobaynida Rossiya armiyasi ishg‘olida bo‘lgan va ukrain qo‘shini 2 aprel kuni hududni ozod etgan. Aprel oyi boshida rossiyalik harbiy xizmatchilar 25 kun davomida qariyb 130 kishini maktab yerto‘lasida tutib turishgani ma’lum bo‘lgandi.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Odessa

 

Front chizig‘idan taxminan 100 kilometr masofada joylashgan Dneprga jo‘nab ketayotgan ukrain askari sevgilisi bilan xayrlashmoqda. Dnepropetrovsk oblasti hududi deyarli har kuni o‘qqa tutilmoqda; shaharning o‘ziga so‘nggi bor 15 iyul kuni zarba berilgandi. O‘shanda uch kishi halok bo‘lgan.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblasti 

Rossiya qo‘shini zirhli kolonnasi Zaporijjya oblastining Rossiya nazoratidagi qismidan o‘tmoqda. RF armiyasi mart oyi boshidayoq ushbu oblast hududidagi qator aholi punktlarini egallab olgandi. Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

Severodonetskliklar otishma qurboni bo‘lganlar dafn etilgan yangi qabristondan o‘z yaqinlarini qidirishmoqda. Severodonetsk iyul oyi boshida rossiyaparast kuchlar nazoratiga o‘tgandi. Foto: Stanislav Krasilnikov / TASS
Hovuzdan suv tashiyotgan severodonetsklik keksa yoshli ayol. Shahar infratuzilmasi butunlay vayron bo‘lgan, shahar gumanitar inqiroz yoqasida turibdi.
Stanislav Krasilnikov / TASS
Soledarda bo‘shab qolgan bozorda o‘tirgan sotuvchi. Iyul oyi o‘rtalarida «LXR» harbiylari Lisichanskdan 46 kilometr masofada joylashgan Soledar shahri atrofiga kirgani xabar qilingandi. Foto: Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutda o‘zi ishlagan maktab eshigiga kichik ukrain bayrog‘ini ilayotgan o‘qituvchi. Rossiya qo‘shini shaharga yurish qilishda davom etmoqda, so‘nggi zarbalar 24 iyul tongida yo‘llangan. Jabrlanuvchilar yo‘q. Foto: Igor Tkachev / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutda aviazarbaga uchragan maktabda xarobalarni tozalayotgan o‘qituvchi
Diego Herrera Carcedo /​ Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmutda vayron bo‘lgan maktabdagi sinfxona
Diego Herrera Carcedo /​ Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmutda gumanitar yordam uchun kelgan keksa yoshli ayol
Diego Herrera Carcedo /​ Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Paramediklar yaradorni Baxmutdagi tez yordam bo‘limiga eltmoqda
Igor Tkachev / AFP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top