Jahon | 08:03 / 26.04.2024
4270
2 daqiqa o‘qiladi

NATO bosh kotibi: Ukraina g‘alaba qozonishi uchun hali kech emas

Yyens Stoltenbergning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar va boshqa g‘arb davlatlari Kiyevga yangi yordam paketlari ajratgandan so‘ng, bu majburiyatlarni haqiqiy qurol va o‘q-dorilar yetkazib berishga aylantirish zarur.

Foto: Bernd Wüstneck/dpa/picture alliance

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ittifoqchilarni Kiyevga harbiy yordam yetkazishni tezlashtirishga chaqirdi. 25 aprel, payshanba kuni Berlinda chiqish qilgan bosh kotib so‘nggi oylarda NATO ittifoqchilari Ukrainaga va’da qilgan yordamni ko‘rsatmaganini ta’kidladi. «Ammo Ukrainaning g‘alabasi uchun hali kech emas, chunki katta qo‘llab-quvvatlash allaqachon yo‘lda», dedi u

Stoltenbergning eslatishicha, AQSh Kongressi yaqinda Ukrainaga ko‘p milliard dollarlik yordam paketini ma’qullagan va NATOga a’zo boshqa davlatlar, xususan, Britaniya, Germaniya va Niderlandiya qo‘shimcha mablag‘ va harbiy ta’minotni e’lon qilgan. 

«Endi bizning mas’uliyatimiz - bu majburiyatlarni haqiqiy qurol va o‘q-dorilarga aylantirish va buni imkon qadar tezroq bajarish», dedi Shimoliy Atlantika alyansi rahbari. 

AQSh maxfiy ravishda Kiyevga ATACMS raketalarini yetkazib bergan 

24 aprel kuni AQSh Ukraina hududida foydalanish uchun qisqa va uzoq masofali ATACMS raketalarini yetkazib bergani ma’lum bo‘ldi. Avvaliga bir qator Amerika ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan so‘nggi haftalardagi maxfiy yetkazib berish haqidagi ma’lumotni Davlat departamenti vakili Vedant Patel tasdiqladi. «Qo‘shma Shtatlar prezidentning bevosita ko‘rsatmasi bilan Ukrainaga ATACMS uzoq masofali raketalarni yetkazib berganini tasdiqlay olaman», dedi u jurnalistlarga raketalar mart oyidagi yordam paketining bir qismi ekanligini va aprel oyida Ukrainaga yetib kelganini ta’kidlab.

Mavzuga oid