11:08 / 06.09.2022
5959

Koreya mamlakatga kirish uchun majburiy PZR-testini bekor qildi

2022 yil 3 sentabrdan boshlab Janubiy Koreya mamlakatga kelayotgan yo‘lovchilarga PZR-testlarini taqdim etish talablarini bekor qildi.

Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, Koreya Respublikasiga kirish uchun maxsus karantin shaklini havo kemasi bortida to‘ldirish va mamlakatga kirish chog‘ida karantin xizmati xodimlariga taqdim etish qoidalari saqlanib qoladi. 

Mamlakatga kelganidan keyin sayyohlar 24 soat ichida COVID-19 uchun PZR-testini topshirishi, test natijalari to‘g‘risida esa karantin xizmatini elektron manzil orqali xabardor qilishi majburiydir.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston iyun oyi boshida mamlakatga kirganlar uchun PZR-testining salbiy natijasi, emlash sertifikati va koronavirus antitanachasi uchun tezkor test talabini bekor qildi.

Top