10:24 / 13.09.2022
6141

Avtotransportda yukni xalqaro yo‘nalishda tashish litsenziyasini olish tartibi tushuntirildi

Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Shutterstock

“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanaliga ko‘ra, davlat xizmatini ko‘rsatuvchi sub’yekt Transport vazirligi hisoblanadi.

Bunda murojaatlar Davlat xizmatlari markazi va Yagona portal -  my.gov.uz orqali qabul qilinadi. 

Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERI bilan tasdiqlaydi. O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilish boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 300 000 so‘m (BHM 1 baravari). Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda yig‘im summasi 90 foizi undiriladi. Arizani ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni.

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilgani uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari alohida hujjat bilan tasdiqlangan.

Top