Hujjatda qayd etilganidek, mamlakatda yöldoş aloqa tarmoqlarining rivojlanişi uçun yetarli şart-şaroitlar mavjud emasligi, bunday faoliyat turi bilan şuğullaniş uçun davlat boji miqdorining yuqoriligi uşbu aloqa vositasidan mahalliy tarmoqlarda foydalanişga, şuningdek toğli va olis hududlarda internet hamda aloqa qamrovini yanada kengaytirişga tösqinlik qilmoqda.
Qonun bilan “Davlat boji töğrisida”gi hamda “Lisenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida”gi qonunlarga köçma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqaga taalluqli litsenziyalanadigan faoliyatning mavjud kiçik turlari faoliyat turi bilan töldirilişini nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritilmoqda. Respublika hududida yöldoş aloqa tarmoqlarini loyihalaştiriş, quriş, ulardan foydalaniş va ularning xizmatlarini körsatişni şunday faoliyat turlari jumlasiga kiritiş mumkin.
Köçma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalaştiriş faoliyatini amalga oşirişni litsenziyalaş uçun tölanadigan davlat bojining miqdori BHMning 400 baravaridan BHMning 200 baravarigaça pasaytirildi.












