02:11 / 23.11.2022
14344

JCh-2022. Fransiya Avstraliyani yirik hisobda yengdi, Jirudan dubl, Mbappe va Rabodan gol+assist

Foto: Getty images

Jahon chempionatida D guruhida 1-tur bahslari yakuniga yetdi. 

Amaldagi chempion Fransiya Avstraliya bilan bahsda birinchi bor to‘p o‘tkazib yuborganiga qaramay, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Gudvinning tezkor goliga Rabo, Jiru (dubl) va Mbappe javob berishdi. 

Jiru milliy jamoadagi gollarini 51taga yetkazib, bu borada rekordchi Terri Anriga yetib oldi. Rabo va Mbappe gol urishdan tashqari, assistni ham o‘z hisoblariga yozdirib qo‘yishdi.

Eslatib o‘tamiz, Daniya va Tunis o‘rtasidagi guruhning birinchi o‘yinida hisob ochilmagandi.

JCh-2022. 1-tur. D guruhi
Fransiya — Avstraliya 4:1

22 noyabr, «Al Janub»
Gollar: Rabo (27), Jiru (32, 71), Mbappe (68) — Gudvin (9).
Fransiya – Loris, Pavar (Kunde, 89), Upamekano, Konate, Lyuka Ernandes (Teo Ernandes, 13), Rabo, Tchuameni (Fofana, 77), Jiru (Tyuram, 89), Grizmann, Dembele (Koman, 77), Mbappe. 
Avstraliya – Rayan, Atkinson (Degenek, 85), Suttar, Roulz, Behich, Muy, Irvayn (Bakkus, 85), Makgri (Mabil, 73), Lekki, Dyuk (Kammings, 56), Gudvin (Kuol, 74).
Ogohlantirishlar: Dyuk (55), Irvayn (80), Muy (90+5).

Mavzu
Qatar-2022
20 noyabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlandi.
Barchasi
Top