Qatarda ötayotgan jahon çempionatida 1/8 finalning ikkinçi öyini bölib ötdi.
Argentina Avstraliya bilan bahs yuritib, Messi va Alvaresning gollari evaziga ğalabaga erişdi. «Kengurular» ham bir bor töp kiritişdi — Gudvinning zarbasidan keyin Fernandes avtogol muallifiga aylandi.
E’tiborlisi, Leo faoliyatidagi
1000-öyinini ötkazdi va mundial pley-offlaridagi birinçi golini urdi.
Argentina çorakfinalda 9 dekabr kuni Niderlandiya bilan töqnaş keladi.
JÇ-2022. 1/8 final
Argentina — Avstraliya 2:1
3 dekabr, «Ahmad bin Ali»
Gollar: Messi (35), Alvares (57) — Fernandes (77, avtogol).
Argentina – Emiliano Martines, Molina (Montel, 80), Otamendi, Romero, Akunya (Talyafiko, 72), De Paul, Mak Allister (Palasios, 80), Fernandes, Gomes (Lisandro Martines, 50), Messi, Alvares (Lautaro Martines, 71).
Avstraliya – Rayan, Degenek (Karaçiç, 72), Suttar, Roulz, Bexiç, Makgri (Gudvin, 58), Muy, Bakkus (Xrustiç, 58), Irvayn, Lekki (Kuol, 72), Dyuk (Maklaren, 72).
Ogohlantirişlar: Irvayn (15), Degenek (38).







