Qatarda ötayotgan jahon çempionatida ikkinçi finalçi ham aniqlandi.
Fransiya va Marokaş milliy jamoalari örtasidagi bahsda Teo Ernandes hamda Randal Kolo-Muanining gollari amaldagi çempionga ğalaba keltirdi.
Şu tariqa Fransiya 18 dekabr kuni Argentinaga qarşi finalda çempionlik unvonini himoya qiladi. Marokaş esa 17 dekabrda Xorvatiya bilan 3-örin uçun öynaydi.
JÇ-2022. Yarimfinal
Fransiya — Marokaş 2:0
14 dekabr, «Al Bayt»
Gollar: Ernandes (5), Kolo-Muani (79).
Fransiya – Loris, Kunde, Varan, Konate, Ernandes, Tçuameni, Fofana, Jiru (Tyuram, 65), Grizmann, Dembele (Kolo-Muani, 79), Mbappe.
Marokaş – Bunu, Hakimi, Saiss (Amalla, 21; Ezzalzuli, 78), Al Yavmiq, Dori, Mazraui (Attiyyat-alla, 46), Ziyoş, Amrabat, Unai, An-Nosiri (Hamdalla, 66), Bufal (Abuhilol, 67).
Ogohlantiriş: Bufal (27).

















