07:52 / 16.12.2022
5446

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ishga tushiryapti

Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga qarshi urush uchun Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar paketini joriy etish bo‘yicha kelishib oldi. 

Foto: Shutterstock

A’zo davlatlarning doimiy vakillari qo‘mitasi payshanba kuni kechqurun Bryusselda bo‘lib o‘tgan YeI sammiti doirasida rejalarni bir ovozdan ma’qulladi

Ular banklarga nisbatan yangi cheklov choralarini va qo‘shimcha savdo cheklovlarini nazarda tutadi. Bu haqda dpa agentligi diplomatik manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Bundan oldin Buyuk Britaniya Rossiya va Eronga qarshi yangi «16 ta sanksiyadan iborat to‘plam»ni e’lon qilgandi. 

Cheklov choralari Rossiya Qurolli kuchlari qo‘mondonligining 12 nafar vakiliga, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarish va/yoki ularni Moskvaga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan eronlik tadbirkorlar va amaldorlarga qarshi qaratilgan. 

Buyuk Britaniya hukumati bayonotida aytilishicha, general-mayor Robert Baranovga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan. U, Bellingcat ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlarining asosiy hisoblash markazini (AHM) boshqargan hamda xodimlari Ukrainadagi fuqarolik nishonlariga raketalarni yo‘naltirgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top