Rossiya birinçi marta köp milliard dollarlik suyultirilgan tabiiy gaz (STG) biznesiga qarşi Yevropa Ittifoqining jiddiy sanksiyalariga duç kelişi mumkin. Yevrokomissiya Belgiyaning Zebryugge bandargohi va boşqa portlardan Rossiya STGni uçinçi davlatlarga taşiş uçun foydalanişni taqiqlaşni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi dpa agentligi 7 may, seşanba kuni diplomatlarga tayanib. 

Agentlik suhbatdoşlarining fikriça, bu çora Rossiya transport muammolari tufayli kamroq STG sotişiga va şunga mos ravişda Ukrainaga qarşi uruşni moliyalaştiriş uçun işlatilişi mumkin bölgan kamroq mablağ olişiga olib kelişi kerak. 

Şimoldagi dengizlarda harakatlanişga möljallangan rus tankerlari Sibirdagi Yamal yarimorolidan Yevropa Ittifoqi portlariga STG yetkazib berişi keng tarqalgan amaliyot bölib, u yerda yonilği oddiy tankerlarga yuklanadi va keyin uçinçi mamlakatlarga jönatiladi. Bu Rossiya muzyorar tankerlariga sezilarli darajada köproq reyslarni amalga oşiriş imkonini beradi. 

Sanksiyalar Yevroittifoqqa STG yetkazib berişga qarşi qaratilmaydi 

Diplomatlarning aniqlik kiritişiça, rejalaştirilgan sanksiyalar Rossiyaning Yevropa Ittifoqi uçun möljallangan STG yetkazib berişiga qaratilgan emas. Ularga köra, bunga öz energiya xavfsizligidan taşvişlanib, Rossiya gazidan voz keçişga hali tayyor bölmagan bir qator Yevropa Ittifoqi davlatlarining pozitsiyasi sabab bölmoqda. Bundan taşqari, uçinçi davlatlardan gaz importi narxining keskin oşişi xavfi bor, deya qayd etadi ular. 

Energetika va moliyaviy tahlil instituti (IEEFA)ning ötgan yil oxirida e’lon qilingan hisobotiga köra, faqat 2023 yil uç çoragida Yevropa Ittifoqi Yamaldan 16 milliard kubometrga yaqin STG oldi, şundan deyarli 3,2 milliard kubometr keyinçalik boşqa davlatlarga taşildi. Institut uşbu davrda Yevropa Ittifoqi tomonidan import qilingan Rossiya STG qiymatini 12,5 milliard yevroga baholamoqda. 

Diplomatlarning ta’kidlaşiça, Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqiga a’zo barça 27 davlatdan uçinçi davlatlarga Rossiya STGni taşişga qarşi sanksiyalar joriy etişda qöllab-quvvatlovga ega böla oladimi yoki yöqmi, hozirça aniq emas.