17:25 / 26.12.2022
29732

AQShda qahraton davom etmoqda (foto)

Foto: Reuters

AQShda misli ko‘rilmagan qahraton sovuq davom etmoqda. Eng ko‘p Buffalo fuqarolari zarar ko‘rgan. Favqulodda xizmatlar bunday sharoitda qurbonlar soni ortib borishini ma’lum qilgan.

Foto: AP

Turli manbalar qurbonlar soni haqida o‘z ma’lumotlarini taqdim etgan. NBC telekanali xabariga ko‘ra, 41 nafar amerikalik qahraton sabab halok bo‘lgan.

Foto: AFP

12 ta shtatda o‘lim holati qayd etilgan, xususan, Nyu-Yorkda ham. Shtatdagi Eri okrugining o‘zida 12 kishi o‘lgan. Jasadlar mashina ichida, ko‘chalarda, uylarda topilmoqda. Qurbonlar orasida 93 yoshli qariya ham bor. Buffalo Niagara aeroporti 27 dekabrgacha yopilgan.

Foto: AFP

23 dekabrdan buyon hukm so‘rayotgan qahraton AQSh tarixida kuzatilmagani aytilmoqda. Joylarda havo harorati -48 darajagacha sovib ketgan. Hozirgacha 12 mingdan ortiq aviareyslar bekor qilingan.

Foto: AP
Foto: AP
Foto: New York Times
Foto: New York Times
Foto: New York Times
Top