17:24 / 28.12.2022
24090

O‘qlar yomg‘iri ostidagi Baxmut va o‘tin qilayotgan askarlar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 307-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Donetsk oblastining rossiyaliklar nazoratidagi Makiyivka shaharchasida sakkiz kishidan iborat oila a’zolari otib tashlandi, o‘ldirilganlarning 3 nafari bolalar edi. Tergov qo‘mitasi jinoiy ish ochgan. Mahalliy IIVga ko‘ra, ushbu ish doirasida makeyevkalik uch kishi qo‘lga olingan. Muqaddam sudlangan bu shaxslar talonchilik maqsadida ushbu jinoyatni sodir etishganini tan olishgan.
  • Muxolif siyosatchi Ilya Yashin Udmurtiyaning Ijyevsk shahridagi qamoqxonaga o‘tkazildi. U Rossiya armiyasini obro‘sizlantiruvchi yolg‘on xabar tarqatishda ayblanib, sakkiz yarim yilga qamalgan.
  • Vladimir Putin Rossiya neftini G‘arbning yuqori narx chegarasi qoidasiga amal qiluvchi xaridorlarga sotishni taqiqladi.
  • Yevropada gaz narxi Ukrainadagi urush davrida ilk bor urushdan oldingi holatiga qaytdi. Narx avgustdagiga qaraganda to‘rt barobar arzonlagan.
  • Ukraina bosh vaziri Dmitro Shmigalning aytishicha, agar qolgan kunlar davomida rossiyaliklar energetika infratuzilmalariga zarba bermasa, ukrainlar yangi yilni elektr cheklovlarisiz kutib olishi mumkin bo‘ladi.
  • Moskva oblastidagi Podolske posyolkasida 76 va 70 yoshlardagi er-xotin qo‘lga olindi. Ular harbiy komissarlik binosiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lishgan.

Kun kadri. Baxmutda otishmalardan keyingi yong‘in

Rossiya qo‘shini Baxmutni o‘qqa tutishda davom etmoqda - bu ayni vaqtda ruslarning asosiy maqsadi bo‘lib qolmoqda. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, shaharda fuqarolik infratuzilmasi 60 foizga vayron bo‘lgan. Baxmutning 27 dekabr kungi ko‘rinishi shunday edi. Libkos / AP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastidagi ukrain harbiylari

Ukraina qurolli kuchlari jangchilari Donetskdan 40 km shimolda, Horlivkadan 26 km shimoli-sharqda joylashgan Toretsk shaharchasi yaqinidagi o‘rmonda o‘tin yig‘moqda. 2014 yildan buyon front chizig‘i Toretsk va Horlivka o‘rtasidan o‘tgan — keng ko‘lamli urush boshidan buyon bu hududda front chizig‘i deyarli siljimadi.
Dieg o Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dieg​o Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dieg​o Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Dneprdagi Chkalov haykali snos qilinishi

Dnepr markaziy xiyoboniga kirish qismiga o‘rnatilgan sovet uchuvchisi Valeriy Chkalov haykali demontaj qilindi. Shahar meri o‘rinbosari Mixaylo Lisenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu haykal ham avvalroq olib tashlangan boshqa bir yodgorlik — yozuvchi Maksim Gorkiy haykali kabi shahardagi kommunal korxonalardan biri bazasiga olib ketilgan. Bu haykallarning keyingi taqdiri va ularning o‘rniga nima o‘rnatilishi hozircha ma’lum emas.
Mykola Miakshykov / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA

Frontda halok bo‘lgan S.T.A.L.K.E.R. mualliflaridan birining dafn marosimi

Volodimir Yejovning rafiqasi Olga erining dafn marosimida. Yejov S.T.A.L.K.E.R. videoo‘yinini ishlab chiqqanlardan biri edi. U 22 dekabr kuni Baxmut atrofidagi janglardan birida halok bo‘ldi.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Istilo ostidagi Yasinovataya shahrida zarbalar oqibatlari

Donetsk oblastining Yasinovataya shahrida otishmalardan shikastlangan temiryo‘l vokzali binosi. Okkupatsiya hukumati ma’lumotiga ko‘ra, 27 dekabr kuni Avdeyevkadagi Ukraina harbiylari Yasinovataya bo‘ylab baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘nta snaryad uchirgan. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. Yasinovataya Donetskdan 13 kilometr shimolda joylashgan. Shahar 2014 yildan buyon ayirmachilar nazoratida.
Nikolay Trishin / TASS
Yasinovataya o‘qqa tutilishidan shikastlangan binolardan biri
Nikolay Trishin / TASS

Mariupol ko‘chalari

Mariupoldagi vayron bo‘lgan vokzal yaqinidagi itlar. Mariupol keng ko‘lamli urushning ilk kunidanoq zarbalar ostida qolgandi — shahardagi binolarning 90 foizi amalda to‘liq vayron bo‘lgan. Mart oyi boshlaridan buyon Mariupolda gumanitar falokat davom etmoqda: shaharda dori-darmon, oziq-ovqat, elektr va suv yo‘q.
Aleksandr Chernyx / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Foto: Aleksandr Chernyx / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Foto: Aleksandr Chernyx / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Foto: Aleksandr Chernyx / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top