Varşava hukumati Ukrainaga Rossiyaning keng miqyosli hujumi boşlanganidan keyin Polşaga kelgan 18 yoşdan 60 yoşgaça bölgan fuqarolarini qaytarişda yordam berişga tayyor. Bu haqda 24 aprel, çorşanba kuni Polşa mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamiş Polsat News telekanalida aytib ötdi. 

Agar Kiyev pasport muddati tugaganidan keyin Polşada qoliş huquqidan mahrum bölişi mumkin bölganlarni vataniga qaytarişga yordam berişni sörasa, Polşa rasmiylari qanday munosabatda böladi, degan savolga u: «Har qanday yordam beriş ehtimoli bor», deb javob berdi. Polşa Mudofaa vazirligi rahbari Varşava uzoq vaqtdan beri Kiyevga harbiy xizmatga majbur va Ukrainaga qaytişi kerak bölgan fuqarolarni aniqlaşda yordam taklif qilgan, deya eslatdi. U bu ukrainalik erkaklarning «fuqarolik burçi» ekanligini ta’kidladi. Bu muammoni hal qilişda Kiyevga yordam berişning öziga xos şakli «köp jihatdan Ukraina tomoniga boğliq», deya qöşimça qildi vazir. 

Çaqiruv yoşidagi ukrainaliklar uçun konsullik xizmatlarini çeklaş 

23 apreldan boşlab Ukraina Taşqi işlar vazirligi 18 yoşdan 60 yoşgaça bölgan erkak fuqarolari uçun xorijiy konsulliklarda hujjatlarni rasmiylaştirişni töxtatdi. Şuningdek, çaqiruv yoşidagi ukrainaliklarga çet el pasportlari berilmasligi ma’lum qilindi. Bu safarbarlik töğrisidagi yangi qonun va Kiyevning armiya sonini oşiriş istagi bilan boğliq. 

«Ukraina taşqi işlar vazirining bunday qarorga kelganidan hayron emasman, çunki Ukraina hukumati yangi askarlarni frontga jönatiş uçun hamma narsani qilmoqda», - deya izoh berdi Polşa mudofaa vaziri. «Öylaymanki, köplab vatandoşlarimiz ukrainalik yigitlarni kafelarda körib, Ukrainaga yordam beriş qançalar qimmatga tuşayotganini eşitib, hayratda qoldi», dedi u. 

«Frontdagi ukrainaliklarning dunyo böylab tarqalib ketgan vatandoşlariga qarşi haqli da’volari meni ajablantirmaydi», deb qöşimça qildi Vladislav Kosinyak-Kamiş. 

YeIdagi ukrainalik erkaklar 

Ukraina Taşqi işlar vazirligi 24 aprel kuni çaqiruv yoşidagi erkaklarga konsullik xizmatlari körsatiş töxtatilganini e’lon qilganidan söng, Kiyev qaroridan ğazablangan yuzlab ukrainaliklar Varşavada yopiq pasport idorasi oldiga töplandi. 

Germaniya Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Maksimilian Kal 24 aprel kuni DW telekanalining Kiyev qarori ehtimoliy oqibatlari haqidagi savoliga javob berar ekan, şunday dedi: «Işonçim komilki, bu Ukrainadan himoyaga muhtoj qoçqinlar maqomiga ta’sir qilmaydi. Bunday qoçqinlar orasida mutlaq köpçilikni taşkil etuvçi ayollar yoki erkaklar haqida gap ketayotganidan qat’i nazar».